Qaytarish arizasi tekshiruvdan o’tsa, sizga pul va ballar qaytariladi. Qaytarish bo’yicha barcha amaliyotlar tarixini shaxsiy kabinetdagi Mablag’lar balansi bo’limida ko’rishingiz mumkin.
Qaytarish arizasi moderatsiyasi haqida batafsil
Qaytariladigan summa
Ariza tasdiqlanganda mahsulot to’liq qiymatini qaytaramiz.
Faqat tegishli sifatga ega bo’lmagan mahsulotlar qaytarilgan holdagina pullik yetkazib berish qiymati qaytariladi.
Tegishli sifatga ega bo’lmagan mahsulotlar haqida batafsil
Qaytarish muddati
Mahsulotni tekshirish
Qaytarilgan mahsulot qabul qilinib, tekshirilgandan so’ng pulni qaytarishimiz mumkin. Tekshirish muddati siz tanlangan qaytarish usuliga bog’liq:
| Qaytarish usuli | Tekshirish muddati |
|---|---|
| Topshirish punktiga | Odatda topshirish punkti xodimi mahsulotni shu vaqtning o’zida tekshirib oladi, ammo ayrim hollarda 10 kun muddat davomidagi qo’shimcha tekshirish talab etilishi mumkin. |
| Mahsulot hamkor yoki sotuvchi tomonidan yetkazib berilgan | Mahsulot sotuvchi omboriga yetkazib berilganda, u mahsulotlarni tekshirib, 7 kun Ichida pulni qaytarish borasida qaror qabul qiladi. Mahsulotni yuborgandan so’ng, siz yetkazib berish xizmati trek raqami bo’yicha uning sotuvchi omboriga yetkazilishini kuzatib borishingiz mumkin. |
| Mahsulot Ozon hamkori tomonidan yetkazilgan | Siz qaytarilgan mahsulotni yuborganingizda, u belgilangan manzilga yetkaziladi va so’ng omborga yuboriladi. Omborda biz mahsulotlarni tekshiramiz va 10 kun ichida pulni qaytarish borasida qaror qabul qilamiz. Qaytariladigan mahsulotni yuborganingizdan so’ng, yetkazib berish xizmati trek raqami bo’yicha uning Ozon omboriga yekazilishini kuzatib borishingiz mumkin. |
Agarda ko’proq vaqt talab etilsa yoki mahsulotni qaytarish uchun mos kelmasa, bu haqidagi ma’lumot Qaytariladigan mahsulotlar bo’limida ariza statusida taqdim etiladi.
Pullarni yuborish va hisobga tushish muddati
Qaytarish tasdiqlangan holarda, biz pulni 10 kun ichida qaytaramiz va bu haqida bildirishnoma yuboramiz.
Pullarning kartangizga tushish muddati bank va to’lov tizimiga bog’liq.
Agarda 10 kun muddat o’tgandan so’ng pullar qaytarilmasa, bankingizdan ko’chirma talab qiling va u bilan Ozon qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Ko’chirma qanday ko’rinishda bo’ladi
Pul qayerga tushadi
| To’lov usuli | Pul qayerga tushadi | Izoh |
|---|---|---|
| O’zbekiston bank kartasi | Buyurtma uchun to’langan bank kartasiga. Agarda pullar kartaga tushmasa, Mablag’lar balansi ni tekshiring. | Buyurtma rad etilgan yoki mahsulot qaytarilgandan so’ng 10 kun ichida pullarni kartangizga yuboramiz. Kartangizga tushish muddati bankingiz va to’lov tizimingizga bog’liq. |
| Rossiya bank kartasi | Buyurtma uchun to’langan bank kartasiga | Buyurtma rad etilgan yoki mahsulot qaytarilgandan so’ng 10 kun ichida pullarni kartangizga yuboramiz. Kartangizga tushish muddati bankingiz va to’lov tizimingizga bog’liq. |
| Istalgan boshqa mamlakat bank kartasi | Buyurtma uchun to’langan bank kartasiga | Buyurtma rad etilgan yoki mahsulot qaytarilgandan so’ng 10 kun ichida pullarni kartangizga yuboramiz. Kartangizga tushish muddati bankingiz va to’lov tizimingizga bog’liq. |
| Mablag’lar balansidan | Mablag’lar balansiga | Pullar sizning mablag’lar balansingizga bir kun ichida tushadi. Mablag’lar balansi haqida batafsil |
| Ozon ballari bilan | Ozon ballari hisobiga | Mahsulotni qaytarganingizda, aynan unga to’lov qilish uchun foydalangan ballaringiz qaytariladi. Agarda buyurtma uchun sizga Ozon ballari taqdim etilgan bo’lsa, ular mahsulot qaytarilgandan so’ng yechib olinadi. |
Agarda buyurtma uchun to’lov qilingan kartaga qaytarishning texnik jihatdan imkoniyati bo’lmasa, pullar mablag’lar balansi ga 10 kun ichida tushadi.
Mablag’lar balansi haqida batafsil
Agarda bunday bo’lmasa, bankdan ko’chirma olib, so’ngra bizga chatga yozing.