Qaytarish arizasini tekshirish

Mundarija

Qaytarish arizasini Ozon yoki sotuvchi tekshiradi — unda barcha kerakli ma’lumotlar kiritilganligini hamda u qaytarish muddatlari va shartlari ga javob berishini ko’rib chiqamiz.

To’g’ri yaratilgan ariza quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • mahsulot bilan bog’liq muammoga mos bo’lgan sabab;
  • mahsulot, qadoq va nuqsonning bir nechta tomondan olingan sifatli suratlari;
  • muammoning batafsil ta’rifi.

Arizaga javoblar

Siz mahsulotni qaytarishingiz mumkin.
Mahsulotlarni qaytarish haqida batafsil

Ariza rad etilishining ommabop sabablari:

Sabab Ta’rif Qaytarish imkoniyati
Mahsulot ko’rinishi buzilgan Tegishli sifatga ega bo’lgan mahsulotda foydalanish izlari mavjud. Mahsulotni qaytarish mumkin emas.
Ishlab chiqaruvchi qadog’i buzilgan Tegishli sifatga ega bo’lgan mahsulotda ishlab chiqaruvchi qadog’i buzilgan yoki unda yorliqlar yo’q.
Mahsulotni qaytarish mumkin emas Mahsulot qaytarib bo’lmaydigan toifaga tegishli.
Qaytarib bo’lmaydigan mahsulotlar haqida batafsil
Javob berilmadi Siz 3 kun davomnida operator tomonidan talab qilingan ma’lumotlarni taqdim etmadingiz. Ariza avtomatik tarzda yopildi. Tavsiyalarda ko’rsatilgan barcha kerakli ma’lumotlar bilan yangi arizani yarating.
Qaytarish sababi muammoga mos kelmaydi Arizani yaratishda siz mahsulot bilan bog’liq muammoga mos bo’lmagan sababni ko’rsatdingiz.
Suratda nuqson ko’rinmagan Suratda nuqson yaxshi ko’rinmagan.
Yetarlicha surat taqdim etilmagan Siz faqatgina bir tomondan olingan suratlarni taqdim etdingiz, nuqson yoki qadoq suratlarini taqdim etmadingiz.

Mundarija

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish