Buyurtmani qanday bekor qilish mumkin

Mundarija

Bekor qilish imkoniyati tanlangan yetkazib berish usuli va buyurtma holatiga bog’liq. Buyurtmani bekor qilish mumkinligini tekshirish uchun, Buyurtmalar bo’limiga o’ting:

  1. Buyurtma sahifasida Buyurtmani bekor qilish ustiga bosing.

  2. Qabul qilishni xohlamayotgan mahsulotlaringizni tanlang yoki buyurtmani to’liq bekor qiling.

  3. Bekor qilish sababini ko’rsating.

Amal qilganda sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

Chet eldan turib buyurtmani bekor qilish haqida Ozon chet eldan bo’limida o’qing.

Qabul qilib bo’lganingizdan so’ng buyurtmani bekor qilish mumkin emas. Siz buyurtmani qaytarishni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Mahsulotlarni qaytarish haqida batafsil

Agarda bekor qilish bilan muammolar yuzaga kelsa chatga yozing.

Buyurtma bekor qilinganda pulni qaytarish

Agarda siz buyurtmaning bir qismini bekor qilib, buyurtmada qolgan mahsulotlar umumiy narxi bepul yetkazib berish uchun yetarli bo’lmasa, biz bekor qilingan mahsulotlar pulini qaytaramiz, ammo ushbu summadan yetkazib berish pulini olib qolamiz.

Agarda buyurtmani yetkazib berish uchun berib yuborilganidan so’ng bekor qilsangiz yoki tegishli sifatdagi mahsulotni topshirish vaqtida qabul qilishdan bosh tortsangiz, pullik yetkqzib berish summasi qaytarilmaydi.

Buyurtma bekor qilinganda pulni qaytarish holati

Siz bekor qilingan mahsulotlar uchun qaytariladigan pul holatini Buyurtmalar bo’limida ko’rishingiz mumkin. Uning holati 2 hafta davomida ko’rsatiladi.

Holatlar va ularning mazmunlari

  • Pul kartaga yuborilgan — pulni buyurtma uchun to’lov qilgan kartangizga yubordik. Odatda ular 10 kun ichida kelib tushadi. Agar pul kartaga kelib tushmasa, Mablag’lar balansini tekshirib ko’ring — pul u yerga qaytarilgan bo’lishi mumkin.
  • Pul qaytarish hali boshlanmadi — pulni qaytarishimiz bilan sizga bildirishnoma yuboriladi. Odatda bu 3 kundan ortiq vaqt olmaydi.
  • Pulni qaytarilmadi — pulni qaytarishda muammo yuzaga keldi. Iltimos chatga yozing.

Buyurtma bekor qilingandan so’ng pul qachon qaytadi

Buyurtma uchun 6 soatdan kam vaqt avval to’lov qilingan

Buyurtma uchun to’lov qilingandan so’ng pul shu vaqtning o’zida yechib olinmaydi, balki kartada 6 soatgacha bloklanadi. Buyurtma yoki uning bir qismi bekor qilingandan, biz bankka bekor qilish haqidagi ma’lumotni va bekor qilingan mahsulotlar summasiga teng summani kartada blokdan yechish haqidagi so’rovnomani yuboramiz.

Odatda bank pulni blokdan chiqarish haqida bildirishnoma yubormaydi, bankning shaxsiy kabinetida ham alohida operatsiyalar mavjud emas:

  • Buyurtma to’liq bekor qilinganda uning to’lovi amaliyotlar tarixidan o’chiriladi.
  • Buyurtmaning bir qismi bekor qilinganda to’lov summasi bekor qilingan mahsulotlar narxiga teng summaga qisqaradi.

Pulni bloklash va blokdan chiqarish haqidagi to’liq ma’lumotni bankingiz qo’llab-quvvatlash xizmatidan olishingiz mumkin.

Buyurtma uchun to’lov qilingandan so’ng 6 soatdan ko’p vaqt o’tdi

Buyurtma uchun to’lov amalga oshirilgandan so’ng 6 soat o’tib biz kartadan pul yechib olish haqidagi so’rovni yuboramiz. Buyurtma bekor qilingandan so’ng biz pulni 72 soat ichida qayta yuboramiz.

Pul sizning hisobingizga 10 kun ichida qaytadi. Qaytish muddati bank va to’lov tizimiga bog’liq.

Bankning shaxsiy kabinetida pulni qaytarish amaliyoti aks ettiriladi.

Agar 10 kun o’tib, pul qaytarilmasa, bankdan amaliyotlar ko’chirmasini oling va u bilan Ozon qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Mundarija

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish