Siz mahsulotni belgilangan muddat ichida qaytarishingiz mumkin.
Agarda tegishli sifatga ega mahsulotni, unda foydalanish izlari yo’q bo’lsa, xarid qilingandagi kabi to’plamda hamda shikastlanmagan plomba va yorliqlarga ega bo’lsa qaytarishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi plombalari, himoya plyonkasi va stikerlariga ega mahsulotlarda qadoq ochilmagan bo’lishi kerak. Mahsulotni qabul qilib olgandagi ishlab chiqaruvchi qadog’iga qadoqlang.
Tegishli sifatga ega bo’lmagan mahsulotni qadoqsiz yoki yukni korobkada xavfsiz tashish imkonini beruvchi istalgan qadoqada qaytarishingiz mumkin.
Mahsulotning holati haqida batafsil
Suyuqliklar
Qadoq zich yopilganligini ta’minlang.
Mo’rt mahsulotlar
- Mahsulotni yetkazib berilgandagi plyonkaga o’rang.
- Korobka tubini va ichidagi bo’sh joyni yumshatuvchi material bilan to’ldiring. Masalan, qog’oz bilan.
- Mahsulotni korobkaga joylashtiring.
Potensial xavfli mahsulotlar
Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan moddalar bilan to’ldiriladigan mahsulotlar potensial xavfli hisoblanib, faqat bo’sh yoqilg’i baki yoki ballon bilan qabul qilinadi — qadoqlash va topshirishdan avval ularni bo’shatish talab etiladi. Bundan tashqari mazkur mahsulotlarni qadoqlash odatiy qadoqlashdan farq qilmaydi.
Bu toifadagi mahsulot namunalari:
- gaz ballonlari;
- ichki yonuv dvigatellari;
- ichki yonuv dvigateliga ega yoki yonuvchan vositalar asosida ishlaydigan uskunalar va qurilmalar.