Jismoniy shaxslar uchun

Mundarija

Sifatli mahsulotlar

Agar tegishli sifatga ega mahsulot sizga mos kelmasa, siz uni qaytarishingiz mumkin. Qaytarishdan avval quyidagilarga e’tibor qarating:

  • mahsulot yaroqsiz emas;
  • uning tovar ko’rinishi, ishlab chiqaruvchi qadog’i va plombasi, ishlab chiqaruvchi yorliqlari va mahsulotning foydalanish xususiyatlari saqlanib qolgan;
  • mahsulotdan foydalanganlik belgilari mavjud emas va yaroqlilik muddati tugamagan;
  • siz mahsulotlarning butun to’plamini qaytarasiz, misol uchun, ikki tomlik kitobning ikkala tomini ham;
  • elektron qurilmalarni sotib olganda, siz ularga dasturlarni o’rnatmagansiz va faollashtirmagansiz.

Hayvonlar uchun ozuqa, oziq-ovqat mahsulotlari, istalgan operatorlarning sim kartalari, jismoniy tashuvchidagi raqamli mahsulotlar, “Tayyor loyihalar” toifasidagi mahsulotlar, agar tegishli sifatga ega bo’lsa qaytatib olinmaydi.

Mahsulotni qaytarish muddatlari haqida batafsil

Tegishli sifatga ega bo’lmagan mahsulotlar

Quyidagi holatlarda mahsulot tegishli sifatga ega emas hisoblanadi:

  • qalbaki mahsulot bo’lib chiqdi;
  • foydalanish davomida buzildi, ishlamayabti yoki yomon ishlayabti.
  • tashqi kamchiliklar yoki foydalanilganlik belgilariga ega;
  • mahsulot yoki uning qadog’i shikastlangan;
  • boshqa mahsulot olib kelindi;
  • boshqa o’lcham yoki rang olib kelindi;
  • yaroqlilik muddati tugagan.

Qaytarish muddatlari

Siz jadvalda ko’rsatilgan muddat davomida mahsulotni qaytarish arizasini topshirishingiz mumkin.

Mahsulot toifasi Tegishli sifatga ega Tegishli sifatga ega emas
• Hayvonlar ozuqasi
• Oziq-ovqat*
• Istalgan operator sim kartalari.
Qaytarish mumkin emas 1 kun
• Buyurtma asosida tayyorlangan mahsulotlar, masalan, o’yma naqshli vaza
• jismoniy tashuvchidagi raqamli mahsulotlar
• «Tayyor loyihalar» toifasidagi mahsulotlar.
Qaytarish mumkin emas 7 kun
• Davriy bo’lmagan nashrlar: kitoblar, broshyuralar, albomlar, kartografik va nota nashrlari, varaqli nashrlar, taqvimlar, bukletlar, texnik tashuvchilarda namoyish etilgan nashrlar
• Shaxsiy gigiyena vositalari: tish cho’tkalari, taroqlar, soch to‘g‘nog‘ichlari, bigudilar, pariklar, shinonlar.
• Yangi yil mahsulotlari: sun’iy archalar, elektrik girlyandalar, archa o’yinchoqlari
• Chulki, paypoq, kolgotka, ichki kiyim, pijama.
7 kun 7 kun
Bosha toifadagi mahsulotlar. 15 kun 15 kun

*Oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga ham oziq-ovqat uchun iste’mol qilinadigan mahsulotlar ham ichimliklar, BADlar, sport ozuqalari, ozuqaviy qo‘shimchalar, aromatizatorlar, saqichlar taalluqli.

Kafolat muddati davomida

Kafolat muddati — bu ishlab chiqaruvchi xaridorning mahsulotni almashtirish, pulni qaytarish yoki nuqsonlarni bepul bartaraf etish bo‘yicha talablarini qondirishi shart bo‘lgan vaqt. Mahsulotdan foydalanishga sezilarli xalaqit beradigan jiddiy nuqson aniqlangan holda ishlab chiqaruvchining javobgarligi yuzaga keladi.

Agarda kafolat muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, siz texnik jihatdan murakkab bo’lgan mahsulotni xarid qilingan kundan boshlab 365 kun ichida kafolat shartlari asosida qaytarib topshirishingiz mumkin.

Agarda mahsulot kafolat muddatiga ega bo’lsa, u holda mahsulot sahifasida ko’rsatilgan muddat ichida uni qaytarishingiz mumkin.

Mahsulotni qaytarish jarayonida Ozon sizdan ishlab chiqarishga oid nuqson ekanligini tasdiqlovchi vakolatli xizmat ko‘rsatish markazi yoki mutaxassisning dalolatnomasining asl nusxasini hamda mavjud bo’lgan hollarda kafolat talonining asl nusxasini talab qilishi mumkin. Agar mahsulot texnik jihatdan murakkab bo‘lsa, xulosada nuqson jiddiy ekanligi tasdiqlanishi shart.

Kafolat muddati davomida mahsulotni servis markazida ta’mirlash mumkin.

Kafolatga ega mahsulotlarni ta’mirlash haqida batafsil

Potensial xavfli mahsulotlarni qaytarish

Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan moddalar bilan to’ldiriladigan mahsulotlar potensial xavfli hisoblanib, faqat bo’sh yoqilg’i baki yoki ballon bilan qabul qilinadi.

Bu toifadagi mahsulot namunalari:

  • gaz ballonlari;
  • ichki yonuv dvigatellari;
  • ichki yonuv dvigateliga ega yoki yonuvchan vositalar asosida ishlaydigan uskunalar va qurilmalar.

Mahsulotlarni qaytarish muddatlari haqida batafsil

Mundarija

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish