Sizning ommaviy profilingizda yutuqlaringiz va mahsulotlarga anonym bo’lmagan fikr-mulohazalar aks ettiriladi. Boshqa foydalanuvchilar sizga obuna bo’lib, yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.
Yutuqlar haqida batafsil
Yangi obunachilar, layklar va izohlar haqidagi bildirishnomalar Faollik tasmasi chatiga yuboriladi.
Maxsus toifadagi mahsulotlarga qoldirilgan fikr-mulohazalar aks ettirilmaydi, ular faqat buyurtma sahifasida mavjud. Bunday toifalarga quyidagilar kiradi:
- 18+ mahsulotlar;
- ichki kiyim, uy kiyimi va paypoq mahsulotlari;
- elektron sigaretalar, chilimlar;
- vitamin va BADlar;
- tibbiy mahsulotlar;
- reabilitatsiya vositalari;
- ayollar gigiyenasi mahsulotlari;
- ginekologik va urologik mahsulotlar.
O’z profilingizni ko’rish, o’zgartirish yoki yashirish
Shaxsiy kabinetda profilingiz ma’lumotlarini ko’rishingiz va uning sozlamalarini o’zgartirishingiz mumkin.
Ommaviy ism
Ommaviy ismga talablar:
- 30 tagacha belgidan iborat bo’lishi;
- faqat lotin yoki faqat kirill harflari;
- bosh harflardan faqat so’zlarning boshida foydalanish mumkin;
- so’zlar o’rtasida «-» yoki «’» dan boshqa maxsus belgilardan foydalanish mumkin emas;
- uyatli so’zlar hamda «administrator» yoki «qo’llab-quvvatlash» kabi chalg’ituvchi so’zlar mumkin emas.
Avatar
Avatarda mumkin emas:
- 18+ rasmlar,
- Shiorlar,
- LGBT belgilari,
- natsistlar belgilari,
- xarbiy tasvirlar,
- QR-kodlar,
- aloqa ma’lumotlari va reklama matnlari,
- vafot etga shaxslar,
- kiyimsiz shaxslar.
Profilni yashirish
Profilingizda fikr-mulohazalar aks ettirilmasligi uchun Sozlamalar bo’limida ommaviy profilni o’chiring.
Fikr mulohazani yashirish yoki qaytarish
Fikr-mulohaza profilingizda aks ettirilmasligi yoki anonym bo’lishi uchun Yashirish ni bosing:
-
profilda;
-
Mening sharhlarim bo’limida.
Top mualliflar
Ommaviy profilda siz top mualliflar — xarid qilingan mahsulotlar haqida batafsil fikr-mulohazalar qoldiradigan boshqa foydalanuvchilar bo’limini ko’rishingiz mumkin. Muallif rasmi ustiga bosilganda, siz uning ommaviy profiliga kirasiz. Uning kelajakdagi fikr-mulohazalarini ko’rib borish uchun muallifga obuna bo’lish mumkin.
Hozirda top mualliflarni hamma ko’ra olmaydi. Bo’lim sinov rejimida bo’lib, faqat ayrim Ozon foydalanuvchilari uchun amal qiladi.
Mualliflar to’plamiga qo’shilish
Mualliflar to’plamiga istalgan foydalanuvchi qo’shilishi mumkin. Buning uchun sizning ommaviy profilingiz quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
- boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishi;
- platforma qoidalariga munosib to’ldirilgan bo’lishi;
- 10 tadan kam bo’lmagan fikr-mulohazalar qoldirishi, ulardan 3 ta so’nggisi foto va video tasvirlari bilan hamda 3 oydan oshmagan muddat ichida qo’ldirilgan bo’lishi;
- Kosmetika, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or buyumlari toifasidagi mahsulotlarga fikr-mulohazalarga ega bo’lishi.
Fikr-mulohazalarni qoldirish qoidalari
Top muallifga aylanish uchun:
-
Men tavsiyanomada xohlayman tugmasini bosing — barcha talablar bajarilganda u sizning ommaviy profilingizda paydo bo’ladi.
-
Ekraningizda paydo bo’lgan oynada Ariza qoldirish ustiga bosing. Agarda siz bloger bo’lsangiz, o’z sahifangizga havolani kiritib o’ting.
Ariza moderatsiyaga yuboriladi. Biz ommaviy profilingizni tekshirib, javobni Faollik tasmasiga yuboramiz. Yuboriladigan arizalar soni cheklanmagan. Agarda sizning arizangizga rad javobi berilsa, o’z fikr-mulohazalaringizni yaxshilab, top muallif bo’lishga yana urinib ko’ring.
Moderatsiyadan muvafaqqiyatli o’tganingizda sizga Faollik tasmasiga xabar keladi, profilda esa farqli belgi paydo bo’ladi.
To’plamdan o’chirish
Agar siz to’plamga kirishga ariza yuborgan bo’lsangiz yoki allaqachon to’plamda bo’la turib, top muallif bo’lish fikridan qaytgan bo’lsangiz, profilingizni boshqa foydalanuvchilardan yashiring yoki ommaviy ismingizni o’zgartiring. Sizning profilingiz to’plamdan o’chiriladi.
