Hamkor yoki sotuvchi orqali yetkazib berilgan mahsulotni qaytarish

Mundarija

Hamkor — sotuvchi mahsulotni yetkazib berish uchun tanlagan uchinchi tomon yetkazib berish xizmati, masalan, Rossiya Pochtasi yoki Деловые Линии.

Mahsulotni qaytarish uchun qaytarish arizasini rasmiylashtiring.
Qaytarish arizasini yaratish haqida batafsil

Sotuvchi arizangizni ko’rib chiqadi va qaror qabul qiladi. U quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • Qaytarishni tasdiqlashi va mahsulotni qaytarib olmasdan pulni sizga qaytarishi.
  • Mahsulotni qaytarib olgan holda qaytarishni tasdiqlashi.
    Omborda mahsulotni tekshirgandan so’ng sotuvchi sizga pulni qaytarishi yoki mahsulot qaytarishga mos kelmasa, qaytarishni rad etishi.
    Qaytarishni yuborish haqida batafsil
  • Kompensatsiya taklif qilishi.
    Kompensatsiya haqida batafsil
  • Qaytarishni rad etishi. Agarda siz sotuvchi qaroriga rozi bo’lmasangiz, siz nizo ochishingiz mumkin.
    Qanday qilib nizo ochish mumkin
    Nizo ochish mumkin bo’lgan muddat rad etilgan arizada ko’rsatiladi. Ozon nizoni uch kun davomida ko’rib chiqadi.

Qaytarilgan mahsulotni yuborish

Siz mahsulotni qadoqlash va yuborish xarajatlarini mustaqil tarzda to’laysiz. Agarda siz quyidagi mahsulotlarni qaytarayotgan bo’lsangiz:

Agarda sotuvchi qaytarish arizasini tasdiqlasa, qayatish arizasi dagi qo’llanmaga rioya qiling. Mahsulotni tashish jarayonida shikastlanmaydigan tarzda qadoqlang. Agarda ishlab chiqaruvchi qadog’i saqlanib qolmagan bo’lsa, o’lchami bo’yicha mos keladigan o’xshash variantdan foydalaning. Qadoqlanmagan mahsulot yetkazib berish xizmatida qabul qilinmasligi mumkin.
Mahsulot va qadog’iga bo’lgan talablar haqida batafsil

Qaytariladigan mahsulotni arizada ko’rsatilgan muddat ichida yuboring, aks holda u bekor qilinadi. Agarda mahsulotni qaytarish muddati tugamagan bo’lsa, siz arizani qaytadan yuborishingiz mumkin.
Mahsulotni qaytarish muddatlari haqida batafsil

Agarda arizada transport kompaniyasi nomi ko’rsatilgan bo’lsa, qaytariladigan mahsulotni mazkur kompaniya topshirish punktiga olib boring yoki kuryerini chaqiring. Agarda sotuvchi yetkazib berish xizmatini ko’rsatmagan bo’lsa, mahsulotni ko’rsatilgan manzilga istalgan transport kompaniyasi orqali yoki mustaqil tarzda yetkazib bering. Xizmatlar qiymatini to’lab, chekni qaytarish arizasiga biriktiring.

Agarda sotuvchi mahsulotni mustaqil tarzda olib ketishini ko’rsatgan bo’lsa, ariza tasdiqlangandan so’ng haydovchi tashrifi sanasini bilib olish uchun qo’ng’iroq yoki Ozon chatida xabarni kuting.

Agarda qaytariladigan mahsulotni yetkazish muddati uzayib ketayotgan bo’lsa, nizo oching.
Qanday qilib nizo ochish mumkin

Sotuvchi qaytgan mahsulotni qabul qilib olgandan so’ng, u omborida mahsulotni tekshirib olish uchun 7 kun muddatga ega.

Agarda sotuvchi yoki Ozon qaytarish arizasini rad etsa, siz mahsulotni qayta qabul qilib olasiz. Sotuvchi yetkazib berish manzilini aniqlashtirish uchun sizga aloqaga chiqadi. Agarda sotuvchi uzoq vaqt davomida aloqaga chiqmasa, bizga chat orqali xabar bering.

Sotuvchidan qayta yetkazib berish xarajatlarini siz to’laysiz. Agarda sotuvchi qaytarishni rad etsa, siz esa uning qaroridan norozi bo’lsangiz, nizo oching.

Nizolar

Siz 3 yoki 5 kun davomida nizo ochishingiz mumkin. Nizo ochish uchun aniq muddat rad etilgan arizada ko’rsatilgan. Ozon mutaxassislari arizani ko’rib chiqib, 3 kun davomida yakuniy qarorni qabul qiladilar.

Siz quyidagi hollarda nizo ochishingiz mumkin:

  • Sotuvchi mahsulotni qaytarish arizasini rad etdi.
  • Sotuvchi mahsulotni qabul qilib, omborda tekshiruvdan so’ng mahsulot qaytarishga mos kelmaydi degan qaror qabul qildi.
  • Qaytarilgan mahsulot 14 kundan ko’proq muddat davomida yo’lda.

Agarda qaytarilgan mahsulot 31 kundan ko’proq muddat davomida yo’lda bo’lsa, nizo avtomatik tarzda ochiladi.

Nizo ochish

  1. Shaxsiy kabinetda Qaytarilgan mahsulotlar bo’limiga o’tib, arizani ochish.
  2. Nizo ochish ni bosing. Sotuvchi qaytarishni rad etsa yoki qaytarilgan mahsulot 14 kundan ko’proq muddat davomida yo’lda bo’lsa tugma paydo bo’ladi.
Holat Nizo ochuvchi Sabab Ozon xodimi harakatlari Mavjud yechimlar
Sotuvchi qaytarish arizasini rad etdi Xaridor Siz sotuvchi qarori bilan rozi emassiz. 1. Suratlar hamda siz va sotuvchi o’rtangizdagi yozishmani o’rganib chiqadi. Bunda u sizdan va sotuvchidan qo’shimcha ma’lumot talab qilishi mumkin.
2. Qaror qabul qiladi va uni asoslaydi.
• «Qaytariladigan mahsulotni berib yuboring» — siz mahsulotni sotuvchiga qaytarasiz, Ozon sizga — pulni qaytaradi.
• «Qaytarish Ozon tomonidan rad etildi» — mahsulot sizda, pul sotuvchida qoladi.
Sotuvchi mahsulotni qabul qilib oldi, ammo ombordagi tekshiruvdan so’ng mahsulot qaytarishga mos emas degan qaror qabul qildi Xaridor Siz sotuvchi qarori bilan rozi emassiz. 1. Suratlar hamda siz va sotuvchi o’rtangizdagi yozishmani o’rganib chiqadi. Bunda u sizdan va sotuvchidan qo’shimcha ma’lumot talab qilishi mumkin.
2. Qaror qabul qiladi va uni asoslaydi.
• «Pul yuborildi» — sotuvchi sizga pulni qaytaradi.
• «Qaytarish Ozon tomonidan rad etildi» — pul sotuvchida qoladi, u mahsulotni sizga qayta yuboradi.
Qaytarilgan mahsulot 14 kundan ko’proq muddat davomida yo’lda Xaridor Mahsulot yo’qoldi, siz uni yubormadingiz yoki sotuvchi mahsulotni qabul qilib, buni tasdiqlamadi. 1. Yetkazib berish xizmati bilan bog’lanib tekshiruv o’tkazadi.
2. Qaror qabul qiladi va uni asoslaydi.
• «Sotuvchida tekshiruvda» — mahsulot sotuvchida.
• «Qaytarilmadi» — siz mahsulotni yubormagansiz.
• «Qaytarilgan mahsulot yo’lda» — mahsulot yo’lda, ammo u hali ham yo’lda.
Qaytarilgan mahsulot 31 kundan ko’proq muddat davomida yo’lda Avtomatik tarzda nizo ochiladi Mahsulot yo’qolgan, suz uni yuboramagansiz yoki sotuvchi mahsulotni qabul qilib, tasdiqlamagan. 1. Yetkazib berish xizmati bilan bog’lanib, tekshiruv o’tkazadi.
2. Qaror qabul qiladi va uni asoslaydi.
• «Sotuvchida tekshiruvda» — mahsulot sotuvchida.
• «Qaytarilmadi» — siz mahsulotni yubormagansiz.
• «Qaytarilgan mahsulot yo’lda» — mahsulot yo’lda, ammo u hali ham yo’lda.

Siz qaytarilgan mahsulot holatini shaxsiy kabinetda Qaytarilgan mahsulotlar bo’limida kuzatib borishingiz mumkin.

Mundarija

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish