Shaxsiy ma’lumotlar

Mamlakatingizdan tashqaridagi sotuvchilardan tovarga buyurtma berishda qo‘shimcha qoidalar, shartlar va qonunlar amal qiladi. Shaxsiy foydalanish uchun tovarlarni mamlakatga olib kirish uchun tashuvchi ularni deklaratsiya qilishi shart. Buning uchun tashuvchining o‘zi yoki bojxona xodimlari yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldiradilar. Ozon shaxsiy kabinetingizdagi ma’lumotlarni so‘rab oladi va deklaratsiyani to‘ldirish uchun tashuvchi yoki bojxonaga yuboradi.

To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng 24 soat ichida ma’lumotlarni to‘ldirmasangiz, buyurtmangiz bekor qilinadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni buyurtmani rasmiylashtirganingizdan so‘ng yoki buyurtmalar ro‘yxatidagi sahifasida darhol kiritishingiz mumkin.

Agar shaxsiy ma’lumotlaringizni Ozon ID orqali to‘ldirsangiz, ular keying buyurtmalaringiz uchun saqlanib qoladi.

Buyurtma uchun shaxsiy ma’lumotlarni kiritish

Buyurtmani oladigan odamning ma’lumotlarini ko‘rsating.
  1. To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, buyurtma sahifasida yoki Buyurtmalar bo‘limida Ma’lumotlarni to‘ldirish tugmasini bosing.

  2. Qabul qiluvchi ma’lumotlarini kiriting:

    • Familiya, ism va otasining ismi. Agar otasining ismi bo‘lmasa, maydonni bo‘sh qoldiring.
    • Pasport seriyasi va raqamini orasida bo‘sh joy qoldirmay yozing. Belgilar soni eng ko‘pi bilan 10 ta, lekin 8 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
    • JSHSHIR.

    Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan keyingi buyurtmalar uchun foydalanishni istasangiz, Ozon tomonidan ma’lumotlaringizni saqlash va qayta ishlashga roziligingizni ko‘rsating.

  3. Saqlash tugmasini bosing.

Agar ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsangiz, buyurtma «Yo‘lda» holatiga o‘tmasidan oldin ularni to‘g‘rilashingiz mumkin. Transport kompaniyasining vakili shaxsiy ma’lumotlaringizni aniqlash uchun siz bilan bog‘lanishi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlarni Ozon ID orqali saqlash

  1. Shaxsiy kabinet ning chap burchagida Profilni o‘zgartirish tugmasini bosing.

  2. Profil ma’lumotlari sahifasida Ozon ID’da o‘zgartirish tugmasini bosing.

  3. Pasport ma’lumotlari bo‘limida Ma’lumotlarni ko‘rsatish tugmasini bosing va qaysi davlatga buyurtma berish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmoqchi ekanligingizni tanlang.

  4. Fuqaroligingizga qarab shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring.

    Agar shaxsiy ma’lumotlaringizni keyingi buyurtmalar uchun ishlatilishini xohlasangiz, Ozon tomonidan ma’lumotlaringizni saqlash va qayta ishlashga roziligingizni bildiring.

  5. Saqlash tugmasini bosing.

Ma’lumotlaringiz Ozon ID sahifasida Pasport ma’lumotlari bo‘limida ko‘rinadi. Ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun belgisini, o‘chirish uchun esa belgisini bosing.

Rasmiylashtirilgan buyurtma uchun shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish uchun Buyurtmalar bo‘limiga o‘ting va keraklisini tanlang.

Navigatsiyani yashirish

Navigatsiya ko‘rsatish