Agar shahringizdagi Ozon topshirish punkti qaytarishlarni qabul qilsa, mahsulotni u orqali qaytarishingiz mumkin.
Qaytarish uchun ariza topshirayotganingizda mavjud topshirish punktlarini ko‘rishingiz mumkin.
Agar xaritada topshirish punktlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, demak shahringizda qaytarishlarni qabul qiladigan punktlar yo‘q.
Buyurtmani pochta yoki kuryer orqali qaytarishni rasmiylashtiring.
Ariza tasdiqlangandan so‘ng, 4 kun ichida mahsulotni topshirish punktiga yetkazib bering.
Qaytarish uchun ariza raqamini topshirish punkti xodimiga ayting.
Mahsulot va qaytarish sababi arizadagi ko‘rsatilganlarga mos kelsagina, qaytarish qabul qilinadi.
Mahsulotni topshirish punktiga qaytarish haqida batafsil
Ariza ma’qullangandan keyin 4 kun ichida mahsulotni qaytarish kerak, aks holda muddati o‘tib ketadi.
Tegishli sifatdagi tovarni pochta yoki kuryerlik xizmati orqali qaytarganingizda, siz tovarni yetkazib berish haqini to‘laysiz.
Agar mahsulotni yaroqsiz holda qaytarib yuborsangiz yoki sizga noto‘g‘ri mahsulot yuborilgan bo‘lsa, qadoqlash va yuborish qiymati yozilgan chekni saqlab qo‘ying.
Agar nuqsonli mahsulot yoki noto‘g‘ri yuborilgan mahsulotni qaytarayorgan bo‘lsangiz, o‘rash va jo‘natish xarajatlari ko‘rsatilgan chekni saqlab qo‘ying.
Qaytarish uchun ariza chek rasmi yoki skanerini biriktiring — biz bu xarajatlarni qoplaymiz.
Ariza ma’qullanganda:
-
Mahsulotni jo‘natishga tayyorlang — mahsulot to‘plamini tekshiring va uni tashish paytida shikastlanmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan o‘rang. Keyinchalik bahslarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahsulotni jo‘natishdan oldin suratga oling.
-
Jo‘natmaga qaytarish raqami yozilgan varaqni soling. Uni qog‘ozga yozishingiz yoki chop etishingiz mumkin.
-
Jo‘natma blankasida qaytarish raqamini ko‘rsating. Masalan, qabul qiluvchi haqidagi ma’lumot yonida.
Raqamsiz qaytarmangiz omborda qabul qilinmaydi va pulni olish muddati cho‘ziladi.
-
Qaytarishni kuryerlik xizmatlaridan biriga yoki pochtaga olib boring.
-
Jo‘natish va zarur bo‘lsa, bojxona to‘lovlarini mustaqil ravishda to‘lang. Chekni saqlab qo‘ying. Mahsulotda nuqsonlar mavjud bo‘lsa yoki sizga noto‘g‘ri mahsulot yetkazib berilgan bo‘lsa, biz qadoqlash va yetkazib berish xarajatlarini qoplaymiz. Boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilganda esa, jo‘natish va qadoqlash xarajatlari qoplanmaydi.
-
Shaxsiy kabinetingizdagi Мои возвраты («Mening qaytarishlarim») bo‘limida Отправить возврат («Qaytarishni yuborish») tugmasini bosing va jo‘natmani yuborilganini tasdiqlang: kvitansiyani yuklang hamda kuryerlik xizmati yoki pochta bo‘limidan olgan kuzatuv raqamingizni kiriting. Bu bizga jo‘natmani kuzatib borish va qaytarilgan mahsulotni omborimizda qabul qilishda yordam beradi.
Pochta orqali jo‘natish
Qaytarishni amalga oshirish uchun siz Rossiyaga keyinchalik yetkazib berish xizmati bilan istalgan mahalliy pochta xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Masalan, BelPost, KazPost, HayPost yoki Qirg‘iz pochtasi.
Jo‘natma blankasida qaytarish raqamini ko‘rsating. Uni qabul qiluvchi haqidagi ma’lumotlar yoniga yozishingiz mumkin.
Qaytarishni quyidagi manzilga jo‘nating: 140961, Rossiya, Moskva viloyati, Podolsk shahri, Magistralnaya ko‘chasi (Lvovskiy kichik tumani), 7-uy, A/Ya 4.
Qabul qiluvchi: «Интернет Решения» MCHJ.
Chekni saqlab qo‘ying.
Kuryerlik xizmati orqali jo‘natish
30 kg gacha bo‘lgan mahsulotlarni qaytarishda siz Rossiyaga jo‘natmalarni yetkazib beradigan istalgan kuryerlik xizmatini tanlashingiz mumkin.
Jo‘natma blankasida qaytarish raqamini ko‘rsating. Uni qabul qiluvchi haqidagi ma’lumotlar yoniga yozishingiz mumkin.
Qaytarishni quyidagi manzilga jo‘nating: 141533, Rossiya, Moskva viloyati, Solnechnogorsk tumani, Xorugvino qishlog‘i, 32/5-bino.
Qabul qiluvchining telefon raqami: +7 495 232-10-00, qo‘shimcha 71478.
Ish vaqti:
- Dushanbadan jumaga qadar — soat 9:00 dan 16:30 gacha;
- Shanba, yakshanba — dam olish kunlari.
Chekni saqlab qoling.